O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
Tomonlar temiryo‘l infratuzilmasini qurish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Moskvada «Transport haftaligi – 2024» tadbiri o‘z faoliyatini boshladi. Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligi tomonidan 17-marotaba tashkil etilgan tadbir doirasida «Transport-2024» forumi va ko‘rgazmasi ham o‘tkazilmoqda.
«Transport haftaligi – 2024» doirasida O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda Rossiya transport vaziri Roman Starovoyt o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikda temiryo‘l infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanish masalalarini muhokama etishdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar vazirliklar o‘rtasida temiryo‘l infratuzilmasini qurish bo‘yicha hamkorlikni tashkil etish yuzasidan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Mavzuga oid
16:13
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
21:03 / 19.11.2024
Rossiyada dollar yil boshidan beri birinchi marta 100 rubldan oshdi
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:48 / 19.11.2024