Jahon | 14:41
1250
3 daqiqa o‘qiladi

YeI davlatlari AQSh yordami qisqarsa ham Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Germaniya, Fransiya, Italiya, Polsha, Ispaniya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari Varshavada Ukrainani qo‘llab-quvvatlash istiqbollari va AQSh bilan munosabatlarning kelajagini muhokama qildi.

Foto: AP

Yevropa Ittifoqining eng yirik iqtisodiyotlari – Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniya, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan Buyuk Britaniya AQShning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi qisqarishi ehtimoli fonida Ukrainaga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq harbiy va moliyaviy yukni o‘z zimmasiga olishga tayyor. Bu haqda 19 noyabr, seshanba kuni Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Varshavada yuqoridagi davlatlar tashqi ishlar vazirlari, YeI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili lavozimida Jozep Borrelni almashtirishi kerak bo‘lgan estoniyalik Kaya Kallas ishtirokidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi

«Men Yevropa Ittifoqining eng yirik davlatlari AQShning ishtiroki qisqarishi (Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda) munosabati bilan Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam yukini o‘z zimmasiga olishga tayyorligini hurmat bilan e’tiborga olaman», — deya AFP Polsha tashqi ishlar vazirligi rahbaridan iqtibos keltirmoqda.

Germaniya, Fransiya, Italiya va Polsha tashqi ishlar vazirlarining Varshavadagi uchrashuvi Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy bostirib kirishi boshlangani 1000 kunligiga to‘g‘ri keldi. Ushbu tadbirdagi muhim mavzu Donald Tramp Oq uyga qaytganidan keyin Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar rivoji ham bo‘ldi. Muhokamalarga Ispaniya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari onlayn tarzda qo‘shildi.

YeI birinchi marta qurolni birgalikda sotib olishni moliyalashtiradi

Yevropa Ittifoqi birinchi marta a’zo davlatlar tomonidan Ukrainaga qisman yetkazib berish uchun qurol, shu jumladan raketalar va o‘q-dorilarni birgalikda sotib olishni moliyalashtirishni ma’qulladi. Tanlangan beshta loyiha «Yevropa mudofaa sanoatini umumiy xaridlar orqali mustahkamlash» (EDIRPA) mexanizmi doirasida amalga oshirilmoqda. Har bir tashabbus uchun 60 million yevro ajratilgan. Moliyalashtirishning umumiy miqdori 300 million yevroni tashkil qiladi, bu haqda 14 noyabr kuni Bryusselda ma’lum qilindi.

«Biz Yevropa Ittifoqi budjetidan a’zo davlatlarni umumiy mudofaa xaridlarini qo‘llab-quvvatlash uchun birinchi marta foydalanmoqdamiz», dedi Yevropa komissiyasi raisi o‘rinbosari Margrete Vestager.

Gap havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlari, zamonaviy zirhli texnika va o‘q-dorilarni xarid qilish haqida bormoqda.

AFP'ning aniqlik kiritishicha, to‘qqizta ishtirokchidan iborat mamlakatlar guruhlari jalb etiladi. Loyihalarda jami 20 ga yaqin a’zo davlatlar ishtirok etmoqda, ularning ba’zilari EDIRPA'da birinchi marta qatnashadi.

Mavzuga oid