Jahon | 19:26 / 16.11.2015
7854
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Saudiya Arabistoni qiroli bilan uchrashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti”.

“Muzokaralar kun tartibida Suriya masalasi hamda Rossiya Federatsiyasi va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar ko‘rib chiqiladi”, — deb ma'lum qildi prezident matbuot xizmati.

Bloomberg tahlilchilarining ma'lum qilishicha Rossiya Yevropa neft bozorida Saudiya Arabistoni bilan qattiq raqobat qiladi.