Jamiyat | 17:11 / 14.01.2016
10990
1 daqiqa o‘qiladi

Otabek Musayev «O‘zbekkino» bosh direktori etib tayinlandi

«O‘zbekkino» Milliy agentligi rahbari o‘zgardi. Otabek Musayev agentlikning yangi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekkino» Milliy agentligining axborot xizmati xabar berdi.

U bundan oldin O‘zbekiston Prezidenti Devoni mas'ul xodimi lavozimida ishlayotgandi.

Otabek Musayev agentlikning bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Ahmadjon Umarov o‘rniga keldi.

2015 yilning dekabrida Jahongir Qosimov agentlik rahbarligidan ketgandi.

Ma'lumot uchun, Otabek Musayev O‘zbekiston Sport kinosi va televideniyesi federatsiyasi rahbari va Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.