Sport | 12:44 / 15.01.2016
8834
1 daqiqa o‘qiladi

"Real" qishki transferlar vaqtida yangi futbolchilar xaridi uchun 330 mln yevro sarflamoqchi

Madridning "Real" jamoasi FIFA tomonidan taqiqqa uchraganidan keyin qishki transferlar uchun katta miqdordagi mablag‘ ajratadi. Daily Star nashrida yozilishicha, jamoa yangi futbolchilar xaridi uchun 330 million yevro ajratadi.

Jamoaning qishki transferlardagi asosiy nishonlari sifatida "Tottenhem" hujumchisi Harri Keyn, "Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar, "Everton" himoyachisi Jon Stounz va "MYu" darvozaboni David De Xea nomlari keltirib o‘tilgan.

Shuningdek, "Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero hamda "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogbaga taklif bilan chiqilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 14 yanvar kuni FIFA "Real" va "Atletiko"ga 2016 yilning yozidagi va 2017 yilning qishki transferlari paytida o‘yinchilarni ro‘yxatga olishni taqiqlab qo‘ydi.