Jahon | 08:34 / 16.01.2016
8763
1 daqiqa o‘qiladi

Anqara shahri hokimi AQSh elchisini vataniga qaytarib yuborishni taklif qildi

Anqara shahar hokimi Melix Gekchek o‘z tvitterida AQShning Turkiyadagi elchisi Jon Bassga turk olimlarining hibsga olinishi to‘g‘risidagi so‘zlaridan so‘ng mamlakatdan chiqib ketishni taklif qilgan.

“AQShda politsiya odamlar qo‘llarini ko‘tarmagani sababli ularni noklar kabi o‘qqa tutadi. Sen esa bizga politsiyachilar va askarlarimizga qurollangan terroristlar hujumiga chidab turishimizni maslahat beryapsanmi? Yo‘q, biz bunga chidab turolmaymiz, hurmatli elchi. Sen AQSh uchun noto‘g‘ri tanlovsan, mamlakatingga qayt, bizni biladigan boshqa elchi kelsin”, - degan u.

Bass Turkiyada mamlakatning kurdlar istiqomat qiladigan viloyatlaridagi zo‘ravonlikka qarshi ochiq tarzda chiqish qilgan olimlarning hibsga olinishi sababli xavotirini bildirgan.