Jahon | 22:23 / 18.01.2016
6146
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an muxolif partiya yetakchisini haqorati uchun sudga berdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an muxolif Turkiya Xalq-respublika partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘luning ustidan haqorati uchun sudga da'vo arizasi berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Qilichdoro‘g‘lu kurdlarga qarshi harbiy harakatlarni qoralagan olimlarning hibsga olinishiga izoh berishi davomida Erdo‘g‘anni diktator deb atadi.

Erdo‘g‘an Qilichdoro‘g‘luni “ochiqchasiga haqorat qilishda” aybladi. Agentlikning ta'kidlashicha, Turkiyada prezidentni haqoratlash jinoyat hisoblanib, bunday jinoyat uchun 4 yilgacha qamoq jazosi olish mumkin.