O‘zbekiston | 16:10 / 18.01.2016
5818
1 daqiqa o‘qiladi
"O‘zbekiston havo yo‘llari" yo‘lovchilariga uchish va qo‘nish vaqtida tasvirga olish taqiqlandi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK samolyotlari bortida yo‘lovchilarga yurish, ko‘tarilish va qo‘nish vaqtida fotosuratga va video tasvirga olish taqiqlandi.
Ushbu taqiq 2016 yilning 8 yanvaridan Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Tolib O‘ljayevning buyrug‘i bilan Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga joriy etildi.
Yangi tartibga muvofiq, yo‘lovchilarga samolyot yurayotgan havoga ko‘tarilayotgan va yerga qo‘nayotgan vaqtda elektron va aloqa vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Endilikda elektron sigaretlardan foydalanish ham mumkin emas.