Jamiyat | 18:50 / 18.01.2016
7039
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyalik ayol to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda latifa aytib berib, boshlovchini kuldirib yubordi
Rossiyaning TVK telekanalining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efiriga 75 yoshli onaxon qo‘ng‘iroq qilib, deputatlarni “Jiguli”ga o‘tqazish va real ishiga qarab maosh belgilashni tavsiya qildi.
TVK Yangiliklari boshlovchisi muxlislar bilan telefon orqali bog‘lanib, ularning fikrlarini o‘rganishga qaror qildi. Shunda 75 yoshli nafaqaxo‘r ayol qo‘ng‘iroq qilib, deputatlar haqidagi fikrlarini oshkor aytdi. So‘ng “Shans” jurnalida o‘qigan latifasini aytib berdi. Uning latifasini eshitgan jurnalist o‘zini kulgidan tuta olmadi.