O‘zbekiston | 11:02 / 18.01.2016
5232
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent hokimiyati: mahalla va ko‘p qavatli binolarda kuzatuv kameralarini o‘rnatish majburiy emas

2015 yil yakunida Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy va mahallalarga kuzatuv kamerasi o‘rnatilishi ma'lum qilingandi.

Mazkur harakat Toshkent shahar hokimining 2015 yil 11 dekabrdagi 233-f farmoyishi asosida amalga oshiriladi.

Mazkur masala yuzasidan muxlislarni qiziqtirgan ayrim savollar bilan “Darakchi” nashri Toshkent shahar hokimligi hududiy kommunal foydalanish birlashmasi bosh direktori Ilhom Mahkamovga murojaat qilgan.

Mutaxassisning qayd qilib o‘tishicha, bitta ko‘p qavatli turarjoy binosiga o‘rtacha ikkita tashqi kuzatuv kamerasi o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, videokamera xizmatini rad etish mumkinmi, degan savolga javob berarkan, Mahkamov tadbir ixtiyoriy asosda o‘tkazilayotganini ma'lum qildi.

“Agar mahalla yoki ko‘p qavatli turar joy binosida istiqomat qiluvchi aholi kuzatuv kamerasini xizmatini lozim topmasa, rad etishga haqli, - deb ta'kidladi u. – Bu chora-tadbir ixtiyoriy tarzda bajariladi”.

“Shunday bo‘lsa-da, shahar hokimiyati aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida kuzatuv kameralaridan foydalanishni tavsiya etadi”, - qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Toshkentda fosh etilgan har beshinchi jinoyat kuzatuv kameralari yordamida aniqlangan

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar, mahalla va mavzelarda tashqi kuzatuv kameralari o‘rnatiladi

Toshkent hokimiyatida mahallalarga videokuzatuv kameralarining o‘rnatilishi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar bayon etildi