Amerikalik senator MDH davlatlarini “o‘ta xavfli” davlatlar ro‘yxatiga kiritishni taklif qildi
AQSh Kongressiga kiritilgan yangi qonun loyihasiga ko‘ra, terrorchilar yetkazishi mumkin bo‘lgan “o‘ta xavfli” davlat ro‘yxatini rasman tasdiqlash taklif etilmoqda. Hujjatga ko‘ra, bunday davlat fuqarolariga vizalarni kamida 30 kunda to‘g‘irlab berish, shuningdek, ulardan keladigan qochqinlarni nazorat ostiga olish ko‘zda tutiladi.
“Izvestiya” gazetasining yozishicha, ko‘zda tutilgan o‘zgartishlar Davlat departamentiga “yomon ro‘yxat”dagi davlatlardan kelgan majburiy muhojirlarni qabul qilishga moratoriy joriy etishi mumkin bo‘ladi. Mazkur “xavfsizlik akti” Kentukki shtati senatori Rend Pol tomonidan ishlab chiqildi.
Mazkur ro‘yxatda Rossiya hamda qator MDH davlatlari, shu jumladan, Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va 30ga yaqin arab davlatlari bor.
Ro‘yxatning to‘la shakli quyidagicha: Rossiya, Afg‘oniston, Jazoir, Bahrayn, Bangladesh, Misr, Eritreya, Indoneziya, Eron, Iroq, Iordaniya, Qozog‘iston, Quvayt, Qirg‘iziston, Livan, Liviya, Mali, Marokash, Nigeriya, Shimoliy Koreya, Ummon, Pokiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Somali, Sudan, Suriya, Tojikiston, Tunis, Turkiya, BAA, O‘zbekiston, Yaman va Falastin.