Jamiyat | 10:14 / 19.01.2016
15567
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yo‘qolib qolgan rus millatiga mansub yigit topildi

O‘z qarindoshlari tomonidan qidirilgan, rus millatiga mansub yosh yigit topilgan va yaqin vaqt ichida o‘zi tug‘ilgan Navoiy shahriga yetkaziladi. Bu haqda "Poisk propavshix detey — Krasnoyarsk" nomli ko‘ngillilar guruhiga asoslangan holda Sputnik agentligi xabar bergan.

Ma'lum bo‘lishicha, yigitni uning qo‘shnilari tanigan. Ko‘ngillilarning aytishicha, uning ismi Kriger Denis Aleksandrovich bo‘lib, Navoiyda yashagan. Uning otasi Kriger Aleksandr, onasi esa Lidiya Kriger.

Ma'lum bo‘lishicha, o‘tgan asrning 90-yillarida Krigerlar oilasi noma'lum manzilga ko‘chib ketgandi.

Ko‘ngillilar guruhi vakilining aytishicha, Denisda shizofreniya (xotirasizlik) mavjud va uni zudlik bilan shifokorga ko‘rsatish hamda kamida 2 hafta davolatish kerak.

18 yanvar kuni ko‘ngillilar guruhi tashqi ko‘rinishi slavyan bo‘lgan bu yigitni izlash bo‘yicha harakat boshlagan, u haqdagi ma'lumotlarni tarqatishgan edi.