Iqtisodiyot | 08:49 / 19.01.2016
4016
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy YaIM o‘sishi 2015 yilda 6,9 foizgacha pasaydi
Xitoy yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2015 yilda prognozlarga ko‘ra 6,9 foizgacha pasaydi, deb xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.
RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qilishicha, bu ko‘rsatkich 1990 yildan keyingi eng yomon ko‘rsatkich bo‘ldi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoy YaIMi 2015 yilda 67,67 trln yuan (10,3 trln dollarni) tashkil qildi. Yilning 1- va 2-choragida YaIM o‘sishi 7 foizni tashkil qilgan, keyin esa 6,9 va 6,8 foizga tushib ketgan.
Yevrokomissiya tahlilchilari Xitoyda YaIM 2015 yilda 6,8 foizga, 2016 va 2017 yillarda mos ravishda 6,5 va 6,2 foizga o‘sishini prognoz qilgandilar.