Jahon | 21:04 / 20.01.2016
4440
1 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston parlamenti quyi palatasining tarqatilishi haqidagi farmonni imzoladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev parlament quyi palatasining tarqatilishi haqidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Nazarboyev matbuot xizmati.

Avvalroq parlament majlisining yalpi yig‘ilishida deputatlar prezident nomiga “mamlakatda murakkablashgan iqtisodiy vaziyat tufayli” beshinchi chaqiriq palata tarkibining tarqatilishi haqidagi murojaatni qabul qilishgandi. Ular bu murojaatda mamlakatda muddatidan avvalgi parlament saylovlarini o‘tkazishni so‘rashgan.

“Mamlakat rahbari bechinchi chaqiriq parlament majlisi vakolatlarining muddatdan avval to‘xtatilishi haqidagi farmonni imzoladi”, deb aytilmoqda matbuot xizmatining tvitterdagi xabarida.