Jamiyat | 17:25 / 20.01.2016
25573
1 daqiqa o‘qiladi

Peruda tibbiyotga eng yosh ona sifatida ma'lum bo‘lgan ayol vafot etdi

Peruda yashab kelgan Lina Medina 83 yoshida olamdan o‘tdi. U tibbiyot tarixida eng yosh ona sifatida qayd etilgandi.

U 1939 yilda, hali 5 yoshidaligida jarrohlik amaliyoti (kesareva) vositasida chaqaloq dunyoga keltirgandi.

U tuqqan o‘g‘il sog‘lom va odatdagi bolalar kabi voyaga yetdi. Medina xonimning bu farzandi 40 yil oldin, 1979 yilda saraton xastaligidan vafot etgan.

Lina Medina bu farzandining otasi kim bo‘lganini ma'lum qilmagan. Keyinroq u turmushga chiqqan va boshqa farzandini ham dunyoga keltirgan.