Uchinchi hikoya: «Ura, men operatsiyaga boraman!»
«Rostini aytsam, oldiniga militsioner bo‘lmoqchi edim, lekin endi qat'iy qarorga keldim – shifokor bo‘laman». Jonibek Choriyev 11 yoshda va shifokor bo‘lish qaroriga uning yuragida o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng keldi. Operatsiyani uzoq - o‘n yil davomida kutgan edilar. Jonibek o‘zining kasalligi tarixini batafsil aytib berdi. Ona diyori Surxondaryoda tibbiy ko‘rikdan o‘tganida unga yurak qorinchalarining pardasi nuqsoni (YuQPN) tashhisi qo‘yilgani, tez-tez shamollaganlari, nimjonligi va ochiq yurakda operatsiya o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan maxsus moslama to‘g‘risida ham.
Jonibekning oilasi onasi va ikkita opasidan iborat. Otasi uch yil oldin Rossiyaga ketganligicha undan hech qanday xabar yo‘q. Onasi Zuhra - uy bekasi, tasodifiy daromaddan kun ko‘radi.
Yurak xastaligi bor bolalar uchun davlat nafaqa tayinlagan, lekin propiskasi muammoli bo‘lgani uchun, uni rasmiylashtirishga, hozircha, iloj yo‘q. Jonibek tilga olgan moslama esa qimmatbaho oksigenator, oila byudjyeti uchun juda og‘ir, unga qurblari yetmaydi.
To‘g‘ri, oksigenatorlar davlat tomonidan sotib olinadi, lekin barcha operatsiyaga muhtoj bo‘lgan bolalarga ham ular yetishmaydi. Tug‘ma yurak xastaliklari har bir ming tug‘ilgan bola boshiga 6-8 marotaba uchrab, barcha tug‘ma kasalliklarning 30 foizini tashkil etadi. Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limlari sababi orasida yurak xastaliklari birinchi o‘rinda turadi. Bir yoshdan o‘tgandan keyin esa bolalar o‘limlari keskin kamayadi va 1 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lganlar orasida xastaliklardan vafot etganlar soni 5 foizdan oshmaydi. Ushbu holat katta va jiddiy muammo ekanligi hammaga ma'lum.
Bolalar kardiojarrohlik markazi mudiri Doniyor Pirnazarov tug‘ma yurak xastaligining asosiy omillari sifatida yaqin qarindoshlar orasidagi nikohlar, turli patogen faktorlar ta'sirida (virus kasalliklari, vitamin yetishmasligi, nazoratsiz va betartib dori-darmon iste'mol qilish, toksikoz), chekish va alkogol ichimliklarini iste'mol qilish sababli homilaning rivojlanishi buzilishidan kelib chiqishini ta'kidladi.
Tug‘ma yurak xastaliklarini faqat jarrohlik yo‘li bilan davolash mumkin. Kardiojarrohlik yutuqlarining sharofati bilan ilgari operatsiya qilib bo‘lmaydigan holatlarni murakkab operatsiyalar yo‘li bilan davolash imkoniyati vujudga keldi. Bolalar kardiojarrohlik markazi shifokorlari har oyda 60 operatsiya o‘tkazadilar.
Choriyevlar oilasi uchun operatsiyaga kerakli bo‘lgan turli dori-darmon, materiallar, shu jumladan oksigenatorni ham xarajatlarini ko‘taradigan kompaniyaning borligi Yangi yil tuhfasi bo‘ldi. «Ura, men operatsiyaga boraman!», deb xursand bo‘lib ketdi Jonibek. Toshkentga yetib kelgandan keyin ularga klinikada kerakli pul mablag‘lari «Hayotlarni birgalikda qutqaraylik!» aksiyasi doirasida yig‘ilganini aytib berishdi. 2015 yil noyabr oyi davomida «Sochnaya Dolina» sharbatining sotilgan har bir qutisidan tushgan pulning muayyan bir qismi Toshkent pediatriya institutining klinikasida ochilgan maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgan edi.
Biz Jonibek bilan operatsiyadan keyin uchrashdik va uning birinchi qilgan ishi menga tashakkur izhor etish bo‘ldi. Hayron bo‘lganimni ko‘rib, u menga tushuntirdi: «Pulni meni tanimagan odamlar yiqqan ekan, ular orasida siz ham bo‘lgan bo‘lishingiz mumkin».
Xayrlashuv paytida, u kelajakda shifokor bo‘lish, «odamlarga qilgan yaxshiliklarini qaytarish uchun» Surxondaryo bolalarini operatsiya qilib davolash niyatini aytdi.
Bu «Sochnaya Dolina» savdo markasining o‘n beshta «Yurak hikoyalarining» uchinchisi. Hali bu hikoyalarning davomi bor.
Yurak hikoyalari. Birinchi hikoya. «Men bor joyda - doim quyosh charaqlaydi...»
Yurak hikoyalari. Ikkinchi hikoya: «Endi men yashashni istayman...»
Reklama huquqlari asosida.