Jamiyat | 20:40 / 26.01.2016
10203
2 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda “O‘zbeknavo” 10ga yaqin litsenziyalarni to‘xtatib qo‘ydi

2015 yil davomida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom hamda lisenzion kelishuv talablarini buzgan 10ga yaqin artistlarning litsenziyalarini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Agentlik manbasining so‘zlariga qaraganda, ayni kunlarda litsenziya olish shartlari qattiqlashtirilgan, ammo bu san'atkorlar cheklanmoqda yoki taqiqlanmoqda, degani emas.

“Lisenziya olishda har bir artist “O‘zbeknavo” bilan kelishuv imzolaydi, - dedi u. – Bu davlat organi, u nafaqat litsenziya beradi, balki konsert tashkilotchilar va ijrochilarini himoya qiladi va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Agar artist yoki uning prodyuseri lisenzion kelishuv shartlarini buzsa, litsenziyaning amal qilishi noma'lum muddatga to‘xtatib qo‘yiladi, bu haqdagi e'lon birlashma saytida chiqariladi”.

O‘tgan yili litsenziyasidan mahrum bo‘lgan san'atkorlar qatorida Lola, Anvar Sobirov, Yagona, Tamilla va boshqalar bor.