Jahon | 15:13 / 26.01.2016
5616
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya BMT hisobotida Turkiya va IShID o‘rtasidagi neft savdosi faktlari aks etishini talab qilmoqda

Rossiya BMTning terrorchilikka qarshi kurash rezolyutsiyasining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotda IShID va Turkiya o‘rtasidagi neft savdosi olib borilgani haqidagi faktlar aks etishini talab qilmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonot berdi.

“Bizdagi ma'lumotlarga qaraganda, ushbu hisobotda Turkiya va IShID o‘rtasidagi neft kontrabandasiday fenomen haqida deyarli hech narsa deyilmagan. Bu noto‘g‘ri. Bunday faktlar OAV yordamida ko‘plab yoritilgan. Ular hisobotda aks etishi lozim”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.