Xonanda Merayi Kerining to‘yi bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i hanuzgacha sobiq rafiqasi bilan ajrashmagani sababli ortga surildi
Yaqinda AQShlik xonanda Merayya Keri avstraliyalik milliarder Jyeyms Peker bilan unashtirilganini e'lon qilgandi. Unashtirish marosimi kutilgandan ham a'lo darajada o‘tdi: tantanali kechki ovqat, kelin oldida tiz cho‘kkan kuyov va dunyoning barcha tabloidlari bong urgan 7,5 mln dollarlik brilliant uzuk.
Bir qarashda faqatgina kelinga oq ko‘ylak tikib, to‘y sanasini belgilashgina qolgandek tuyulayotgandek edi. Jyeyms va Merayya o‘zlarini kuyov va kelin deb e'lon qilishlariga qaramasdan, ular rasman o‘zlarining sobiq turmush o‘rtoqlari bilan nikohda turadilar. Shu sababli 45 yoshli xonanda va 48 yoshli milliarder uchun to‘y qo‘ng‘iroqlari hali-veri yangraydiganga o‘xshamaydi.
Merayya 2008 yildan 2015 yilgacha komik Nik Kennon bilan nikohda bo‘lgan, ularning egizak farzandlari bor. Xonanda turmush o‘rtog‘i bilan 2015 yil iyunida ajrashish jarayonini boshlagan, biroq hanuzgacha ularning nikohi rasman bekor qilinmagan.
Eriki Bekster rasman Merayyaning bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i Pekerning rafiqasi hisoblanadi.
Bunga ajablanmasa ham bo‘ladi, chunki yulduzli juftliklarga katta miqdordagi mol-mulkni bo‘lishishlariga to‘g‘ri keladi, AQShda esa ajrim jarayonlarini yetarlicha uzoq davom etishi mumkin.