Jahon | 14:33 / 27.01.2016
5321
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya Britaniya tojidan voz kechishi mumkin

Avstraliyadagi 8 shtatning 7tasi mamlakatni respublikaga aylantirish taklifi bilan chiqdi. Reuters agentligining ma'lum qilishicha, bu eski bahslar milliy bayram arafasida qaytadan boshlanib ketgan.

Avstraliya konstitutsion monarxiya hisoblanib, uning rasmiy rahbari qirolicha Yelizaveta IIdir. Garchi bu quruq rasmiyatchilik hisoblansa-da, monarx parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega va bu huquqdan 1975 yili foydalanib ulgurgan.

Avstraliyani respublikaga aylantirish masalasi uzoq yillardan buyon muhokama qilib kelinmoqda. Odatda bahslar Avstraliya kuni (26 yanvar kuni qit'ada Britaniyaning birinchi koloniyasi tashkil qilinishi munosabati bilan nishonlanadi) arafasida avj oladi.

“Avstraliya allaqachonlar suveren davlatga aylanishni o‘ylashi lozim, - dedi Janubiy Avstraliya shtati bosh vaziri Jyey Vezerill. – O‘zini hurmat qilgan har qanday mustaqil davlat o‘z yetakchisi o‘z fuqarosi bo‘lishini istaydi”.

Ayni paytda tegishli deklaratsiya shtatlar rahbarlari tomonidan imzolandi.
Ilgarigi bosh vazir Toni Ebbott monarxiyachi edi, uning o‘rnini respublikachi Malkolm Tyornbull egallashi suverenitet umidini yana jonlantirdi, deb xulosa qilinadi xabarnomada.