Fan-texnika | 09:35 / 27.01.2016
5422
2 daqiqa o‘qiladi

Microsoft vitse-prezidenti raqib kompaniyaning smartfoni iPhone’dan foydalanishda “qo‘lga tushib qoldi”

Microsoft vitse-prezidenti Jo Belfiore raqib kompaniya Apple’ning smartfoni iPhone’dan foydalanishda “qo‘lga tushib qoldi”. Bu xato kechirib bo‘lmaydigan xatodir, chunki Belfiore Microsoft’da 25 yildan ko‘proq vaqt qishlaydi va kompaniyaning smartfonlari qatori uchun Windows Phone operatsion tizimini ishlab chiquvchi bo‘limga rahbarlik qiladi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Belfiore Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Yaponiyaning Kioto shahridan yuborilgan fotosuratni joylashtirgan. Ushbu post iPhone’dan yuborilgani sababli ko‘pchilik foydalanuvchilarning e'tiborini tortdi. Endi foydalanuvchilar Belfiorega kompaniyaga sodiqlik kodeksini buzgani uchun qanday jazo ko‘rilishiga qiziqmoqdalar.

Belfiore o‘z aybini oqlash uchun unga ishi davomida raqobatchi kompaniyalar mahsulotlarining afzalliklari va kamchiliklari haqida xabardor bo‘lishi zarurligini aytdi. “Biz butun jahon bo‘ylab kompyuterlar egalari foydalanayotgan va Windows Phone bilan raqobat qilayotgan iPhone kabi smartfonlar va Android kabi mahsulotlarni bilishimiz muhimdir. Iste'mochilar va tadbirkorlar o‘zlarining kompyuterlari va smartfonlari birgalikda ishlashiga umid qiladilar. Mijozlarimizning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun bu qurilmalarga mijozlarimiz foydalanishni istaydigan qurilmalar kabi qarashimiz kerak”, deb aytdi Belfiore.

Belfiore Windows Phone’ning keyingi avlodlari ishlab chiqilishi uchun javob beradi. 2013 yilda u Business Insider nashri bo‘yicha jahonning eng yaxshi texnologik dizaynerlarining o‘ntaligiga kiritilgandi.