Iqtisodiyot | 15:59 / 27.01.2016
7953
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiya bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi hajmini oshirishga kelishib oldi

Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligida Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Artyom Tsinamdzgvrishvilining O‘zbekiston elchixonasi vakili bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirib berishning uzoq muddatli istiqbollari haqida kelishib olingan.

O‘zbekiston elchixonasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar “Hamkorlikning uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqbollari, Rossiyada O‘zbekiston meva-sabzavotlari yetkizib berilayotgan hududlarni kengaytirish va tovarlar yetkizib berishga tayyor O‘zbekiston korxonalarga yordam ko‘rsatish” haqida kelishib olingan.

Ma'lum qilinishicha, 2015 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish hajmi 2014 yilga nisbatan 10,6 foizga o‘sgan va bu Rossiyaning umumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importida 0,2 foizni tashkil qildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Ma'lumot o‘rnida, o‘tgan yilda import qilingan asosiy mahsulotlar: sabzavotlar (31 foiz), mevalar va yong‘oq (24,8 foiz), alkogol ichimliklari (13,4 foiz), tamaki xom ashyosi (12,9 foiz), meva sharbatlari (10,6 foiz).