O‘zbekiston | 17:24 / 27.01.2016
6187
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina O‘zbekiston bilan erkin savdo zonasini yaratish to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qildi

Ukraina Oliy Radasi O‘zbekiston bilan erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi kelishuvni qo‘llash bo‘yicha bayonnomani ratifikatsiya qildi. Tegishli qaror yig‘ilishda muhokama qilinib, 234 deputat uni qo‘llab-quvvatladi.

“Qonunning qabul qilinishi 2011 yil 18 oktabridagi erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi kelishuvni qo‘llash bo‘yicha bayonnoma holatlarini realizatsiya qilishga yordam beradi”, - deyiladi qonun loyihasiga ilova qilingan izohda.

Hujjatda ta'kidlanishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekiston bilan kelishuvning kuchga kirishi uchun asosiy shart hisoblanadi. Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi 1994 yilgi erkin savdo zonasi bo‘yicha kelishuv bekor qilinmaydi, O‘zbekiston Ukrainaga nisbatan eksport va import bojini qo‘llamaydi.

MDH doirasida erkin savdo zonasi bo‘yicha kelishuv 2011 yil 18 oktabrida 8 davlat o‘rtasida imzolangan edi. Bular: Ukraina, O‘zbekiston, Armaniston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston.