Jamiyat | 23:20 / 28.01.2016
8078
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning “Taxtlar o‘yini” Putinning Qozog‘iston davlatchiligi haqidagi bahsli so‘zlariga javob bo‘ladi

Qozog‘istonda AQShning “Taxtlar o‘yini” serialining muqobili suratga olinmoqda, bu serial Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qozog‘iston davlatchiligi haqida aytgan bahsli so‘zlariga javob bo‘ladi, deb xabar bermoqda Eurasianet.org nashri.

2014 yilda Putin “Seliger” forumida uning fikricha, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “hech qachon davlat bo‘lmagan yerda davlat barpo etdi”, deb aytgandi.

Yangi kinoloyihaning prodyuseri Putinning aynan shu gaplari qozog‘istonlik kinematografchilarni yangi tarixiy serialni olishga undaganini aytdi.

“Esingizdami Putin qozoqlarda hech qanday davlatchilik bo‘lmagan, Nazarboyev esa uni yaratgan, degan so‘zlarni aytgandi. Aynan shu holat bizni bu serialni olishga undadi”, deb aytdi serial prodyuseri.

Nashrning ma'lum qilishicha, serialda XV asr o‘rtalaridagi voqealar jonlantiriladi, aynan shu davrda qozoq davlatchiligi vujudga kela boshlagan. Film ijodkorlarining fikricha, yangi serial yosh avlodga o‘z mamlakatining tarixi va qadimiy an'analarini anglashga yordam beradi.