Jamiyat | 21:26 / 28.01.2016
5761
1 daqiqa o‘qiladi

Texasda tirbandlik vaqtida ikki haydovchi "Yulduzlar jangi" qahramonlari kabi "qilichbozlik" qilishdi

Texas shtatidagi Ostin shahri politsiyasi yo‘ldagi tirbandlik vaqtida bir-biri bilan janjallashib qolgan ikki haydovchini izlamoqda. Ularning harakati videokameralarga muhrlangan.

Videoda ko‘rish mumkinki, ikki bezori haydovchi bir-biriga qilich ko‘rinishidagi buyum bilan hamla qilishgan.

Bu tasvir internetda tarqalgach, politsiya qidiruv boshladi.

Videoda ko‘rinadiki, bo‘yi kaltaroq haydovchi o‘zidan ancha baland, ko‘rinishidan janubiy ameriakalikka o‘xshovchi raqibi ustiga beysbol bitasini ko‘targan holda yura boshlaydi. Raqib esa himoya uchun mashina yukxonasida uzun kaltak chiqaradi. Ularning bellashuvi uzoq vaqt davom etmaydi. Birinchi haydovchi raqibning uzun kaltagini tortib oladi. Shundan keyingi jarayon videoda aks etmagan.

Internet foydalanuvchilari bu videoni montaj qilib, bu haydovchilarning qo‘llaridagi buyumlarni "Yulduzlar jangi" filmlari qahramonlari ishlatadigan "rangli qilich"lar ko‘rinishiga keltirishgan.