O‘zbekiston | 18:59 / 29.01.2016
3944
1 daqiqa o‘qiladi

Pekinda O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari o‘zaro hamkorlik masalasini muhokama qilishdi

2016 yilning 29 yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pekin shahrida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

"O‘zbekiston va Xitoy tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik masalalarini hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning ba'zi muammolarini muhokama qilishdi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda ikki davlatning ShHT doirasidagi hamkorlik, bo‘lajak Toshkent shahridagi Sammit, O‘zbekistonning mazkur tashkilotga raisligi davridagi boshqa tadbirlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.