Jamiyat | 11:38 / 29.01.2016
6649
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent hayvonot bog‘i yangi jonivorlar bilan boyitildi

Toshkent hayvonot bog‘iga yangi jonivorlar – mahalliy fauna vakillari – qulonlar, Prjyevalskiy otlari, Buxoro alqorlari va jayronlar olib kelingan. Bu haqda Toshkent hayvonot bog‘i saytida xabar berilgan.

Ma'lum qilinishicha, bu turlar soni kamayib borgan va yo‘q bo‘lib ketish yoqasiga kelib qolgan.

Hozirda ular Buxorodagi pitomnik – «Jayron» ekomarkazida yashamoqda. Bu yerda hayvonlarning noyob turlari sun'iy yo‘l bilan ko‘paytiriladi.

Toshkent hayvonot bog‘iga keltirilgan jonivorlar yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashib, bu yerga tashrif buyurgan odamlarning e'tiborini o‘ziga jalb etishiga umid bildirilgan.