Jamiyat | 14:43 / 29.01.2016
6888
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 22 go‘dakni sotgan erkak qatl qilindi

Xitoyda 22 go‘dakni sotib yuborishda ayblangan erkak qatl qilindi. Bu haqda CNS axborot agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Tan Yunchji sheriklari bilan til biriktirib, bolalarni o‘g‘irlash va sotish “biznes”ini yo‘lga qo‘ygan. Yunnan viloyatidan o‘g‘irlangan bolalar Xenanda sotilgan. 2008 yil fevralidan 2013 yil apreliga qadar jinoiy guruh 22 chaqaloqni pullagan. To‘da rahbari qatl qilindi, sheriklari esa uzoq muddatga qamoqqa tashlandi.

Xitoyda bolalar savdosi eng keng tarqalgan jinoyat turlaridan biridir. Odatda o‘z farzandlarini kambag‘al qishloq ahli sotadi, bu bilan odamlar ham o‘z moddiy ahvolini yaxshilab oladi, ham bolalar soniga o‘rnatilgan cheklov uchun javobgarlikdan qutulib qoladi. Odatda bolalarni boyvachcha, lekin farzandi yo‘q juftliklar sotib oladi. Ayniqsa o‘g‘il bolalar qadrlanadi – ularning narxi 6 ming dollarga yetishi mumkin. Qizlarning narxi pastroq yuradi.