Jahon | 08:37 / 30.01.2016
4453
1 daqiqa o‘qiladi
Boeing kompaniyasi AQSh prezidenti uchun samolyot qurish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritdi
AQShning Boeing samolyotsozlik korporatsiyasi AQSh prezidenti uchun samolyot qurish bo‘yicha shartnomani yutdi, deb xabar bermoqda Pentagonga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Kompaniya loyiha ustida ish olib borish uchun 25,8 mln dollarlik dastlabki shartnomani qo‘lga kiritdi.
Hozirda birinchi raqamli samolyot Air Force One sifatida ishlatiladigan Boeing VC-25 rusumidagi samolyotlar keng fyuzelyajli Boeing 747-8 samolyoti negizida qurilgan samolyotlar bilan almashtiriladi.
AQSh prezidenti uchun mo‘ljallangan ikkita Boeing VC-25 samolyoti 1990 yilda Boeing 747-200B modelining yaxshilangan uskunalarga ega takomillashgan varianti negizida qurilgan edi.