Jahon | 16:51 / 30.01.2016
4123
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiya YeIdan qochqinlar uchun 5 mlrd yevro so‘ramoqda

Turkiya hukumati Yevrokengashga qochqinlar bilan bog‘liq muammoni hal etish uchun 5 millard yevro mablag‘ berilishini so‘rab murojaat qildi. Bu haqda Die Welt va boshqa OAVlar xabar bermoqda.

“Anqara 5 milliard yevro so‘ramoqda, biroq biz va'da qilingan 3 milliard yevroni bera olamiz xolos”, - dedi gazeta axborot manbasi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya hukumati Yevropa Anqara olayotgan mablag‘larni sarflash masalasi o‘ta qattiqqo‘llik bilan nazorat qilingandagina belgilangan pullarni bosqichma-bosqich berib borishini tushunishi lozim.