Jahon | 08:25 / 31.01.2016
3467
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvaning sharqida yuz bergan yong‘inda halok bo‘lganlar soni 7 kishiga yetdi

Moskvaning sharqidagi Strominkadagi tikuvchilik sexida chiqqan yong‘in oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Tungi payt uyumlar ichidan yana ikki kishining jasadi topilgan. 7 kishining halok bo‘lgani haqidagi ma'lumotni Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha bosh tergov boshqarmasi tasdiqladi. 

Avvalroq 5 kishi jasadi topilgani ma'lum qilingan.

"Rosboroneksport" binosi yonidagi binoda chiqqan yong‘in Moskva vaqti bilan soat 0.55 da bartarf etilgan, 3 ming kvadrat metr maydonga shikast yetgan, 500 kvadrat metr maydondagi inshootlar qulab tushgan.

Tergov idoralari yong‘in ataylab uyushtirilgani bo‘lishi mumkinligiga gumon qilib,  ushbu holat bo‘yicha qotillik moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atishgan.