Jahon | 01:26 / 31.01.2016
9458
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya tashqi ishlar vazirligi Turkiya havo hududi Rossiya samolyoti tomonidan buzilgani sababli Rossiya elchisini chaqirtirdi
Turkiya tashqi ishlar vazirligi Turkiya havo hududi go‘yoki Rossiyaning Su-34 samolyoti tomonidan buzilgani haqidagi bayonoti sababli Rossiya elchisini chaqirtirdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, Turkiya Rossiyani o‘z havo hududini buzmaslikka chaqirgan hamda "nomaqbul oqbiatlar" uchun javobgarlik Rossiya tomoniga yuklanishini aytgan.
Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida bu qoidabuzarlik Rossiyaning "ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlikni kuchaytirish" istagi borligiga ishora ekanligi aytildi.