Gvardiola Manchesterning qaysi jamoasida ishlashi ma'lum bo‘ldi
«Bavariya» jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakunlangach, Angliyaning «Manchester Siti» jamoasida ish boshlashi aniq bo‘ldi.
Inglizlar jamoasi bu mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma tuzgan.
The Guardian nashrida namoyish qilingan press-relizdan ma'lum bo‘lishicha, "shaharliklar" rahbariyati turli mish-mishlarning to‘xtashi uchun ushbu 45 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan muddatidan oldin shartnoma tuzishga qaror qilgan.
Qayd etish kerakki, manchesterliklar ushbu murabbiyga 2012 yildan beri qiziqish bildirib kelishayotgandi.
2015 yilning so‘ngida Gvardiola Germaniyani mavsum yakunida tark etishi haqida rasman ma'lum qilgach, Angliyadagi bir necha grand jamoalar, «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» bu murabbiyni olib kelish uchun kurashga kirishgani haqida xabarlar tarqatildi.