Ruhoniy: Suriya ixtilofini hal qilishda Eron Suriya xalqi tomonida
Suriyadagi ixtilofni tartibga solish bo‘yicha barcha muzokaralarda Eron doimo Suriya xalqi manfaatlaridan kelib chiqib ish ko‘radi, deb aytdi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.
"Suriya taqdiri bo‘yicha barcha muzokaralarda biz Suriya xalqi manfaatlaridan kelib chiqib ish ko‘rganmiz va kelgusida ham shunday qilamiz", deb aytdi Eron prezidenti 1979 yildagi islom inqilobini nishonlash bilan yakunlanuvchi Fajr o‘n kunligi (1-11 fevral) boshlanishiga bag‘ishlangan nutqida. Ruhoniyning aytishicha, Suriya istalgan boshqa davlat kabi "suvereniteti va yaxlitligini saqlab qolish huquqiga ega".
Ruhoniy hozirda Suriya bo‘yicha o‘tkazilayotgan muzokaralarning murakkabligini qayd etgan holda, Eron "kelgusida ham Suriyaga terrorchilik bilan kurashishda yordam berishini" tasdiqladi.