Tojikistonda 2015 yilda ajrashishlar ham, nikohlar ham kamaygan
Tojikistonda statistika oxirgi 5 yil ichida birinchi marta ajrashishlar soni kamayganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Tojikiston hukumati huzuridagi ayollar va oila ishlari bo‘yicha qo‘mita boshlig‘i Idigul Qosimzoda jurnalistlarga ma'lum qildi.
Uning aytishicha, 2015 yilda 8356 ta ajrashish qayd qilingan, bu 2014 yildagidan 776 ta kam bo‘lgan.
Qosimzodaning ta'kidlashicha, 2015 yilda nikohlar soni ham kamayib ketgan: 2015 yilda 77 ming 20 ta nikoh qayd qilingan, bu 2014 yildagidan 18 ming 458 ta kam bo‘lgan.
Shuningdek, 2015 yilda 89 nafar balog‘atga yetmagan qiz nikoh qurgan, bu 2014 yildagidan 20 taga kamroq bo‘lgan. O‘tgan yili 179 nafar tojikistonlik ayol xorijlikka, asosan O‘zbekiston, Xitoy va Eron fuqarolariga turmushga chiqqan.
Qosimzodaning ta'kidlashicha, u boshqarayotgan qo‘mitada psixolog kabineti ish boshlagan, unga 82 nafar kishi maslahat uchun murojaat qilgan, ulardan 17 nafari erkak bo‘lgan.
"Ayollar psixolog kabinetiga uydagi zo‘ravonlik, erkaklar esa ish yo‘qligi va oilaviy muammolar bilan murojaat qilganlar", deb aytmoqda Qosimzoda.