O‘zbekiston bilan Braziliya o‘rtasida Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bitimi kuchga kirdi
2016 yilning 4 fevral kuni 2009 yilning 28 mayida Braziliya shahrida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning Braziliyaga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Braziliya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi.
"Bitimga muvofiq tomonlar qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida hamkorlik qilib, chorvachilik, biologik yoqilg‘i uchun xomashyo ishlab chiqarish, sut mahsulotlari, bog‘dorchilik, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, qishloq xo‘jaligini boshqarish, genetika va biotexnologiya hamda boshqa sohalarda o‘zaro aloqalarni rag‘batlantiradi", deyiladi O‘zbekiston TIV rasmiy sayti xabarida.
Ushbu Bitimning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.