"Titanik" kemasini to‘liq takrorlovchi kema 2018 yilda o‘zining birinchi sayohatini boshlaydi
2018 yilda Mash'um "Titanik" kemasi cho‘kib ketgandan keyin 106 yil o‘tib, uni deyarli to‘liq takrorlovchi "Titanik 2" kemasi o‘zining birinchi sayohatini boshlaydi.
Bu kema avstraliyalik milliarder Kliv Palmer va uning Blue Star Line kompaniyasi sa'y-harakatlari evaziga yaratilmoqda.
Kema tashqi tomondan original kemadan deyarli farq qilmaydi, biroq 4 metrga enliroq va kema korpusi o‘tmishdagidek bolg‘alash bilan emas, balki zamonaviy xavfsizlik standartlari talab qiladigandek payvandlash usuli bilan tayyorlangan.
Kema bortida 900 nafar ekipaj a'zosi, 2400 yo‘lovchi joylasha oladi, ular ixtiyoriga kemada 840 ta kayuta manzur bo‘ladi. Bu kemada birinchilardan bo‘lib sayohat qilishni istovchilar hozirdanoq Blue Star Line kompaniyasi bilan bog‘lanib, kemaning birinchi reysi yo‘lovchisi bo‘lish uchun 1 mln dollargacha pul taklif qilishmoqda.
"Titanik 2" o‘zining o‘tmishdoshidan farqli, yetarlicha qutqarish qayiqlari hamda yo‘ldoshli navigatsiya va radarlar bilan jihozlangan.
Ehtimol, yangi "Titanik" o‘zining birinchi sayohatida avvalgi kema bilan salbiy aloqa bo‘lmasligi maqsadida, u kabi Sautgemptondan Nyu-Yorkka emas, balki sharqiy Xitoydan Dubayga yo‘l oladi.