ZTE 2015 yilda 100 million mobil qurilma sotdi
Foydalanuvchilar va tashkilotlar uchun telekommunikatsiyalar va mobil internet uchun yechimlar yetkazib berish bo‘yicha jahondagi yirik korporatsiyalardan biri hisoblangan ZTE mobil qurilmalar savdosida butun dunyo bo‘ylab sezilarli o‘sishga erishganini ma'lum qildi.
ZTE o‘z hamkorlariga 100 million mobil qurilma yetkazib berdi. Ularning 56 milliontasi smartfonlardir. 2014 yilga nisbatan o‘sish 16 foizni tashkil etdi. Ayni vaqtda, kompaniyaning e'tirof etishicha, turli manbalarning baholash natijalari bo‘yicha, jahon mobil qurilmalar bozorining umumiy o‘sishi 11 foizdan oshmadi.
2015 yili ZTE kompaniyasi jahon bozoridagi o‘rnini mustahkamlab oldi. Bugungi kunga kelib ZTE smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha jahonning olti yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi (CounterPoint agentligining yanvar—noyabr oylari uchun bergan ma'lumotlariga ko‘ra), shu bilan birga LTE-smartfonlarni yetkazib berish bo‘yicha jahonning 5ta yirik ishlab chiqaruvchilari qatoridan joy olgan (Strategy Analytics agentligining bergan ma'lumotiga ko‘ra).
Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy bo‘ylab devayslarni yetkazib berish sur'ati barqaror oshib bormoqda. 2015 yili kompaniya Xitoyda 15 million smartfon yetkazib berildi. ZTE kompaniyasi 4G qurilmalarni yetkazish bo‘yicha 5-o‘rinda bormoqda. Kompaniyaning ta'kidlashicha, sotilgan qurilmalarning 100 foizi LTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Premium segmentga qaratilgan e'tibor va savdo tarmog‘ining rivojlantirilishi ZTE mahsulotlarining raqobatbardoshliligini oshirdi.
Shimoliy Amerika — ZTE uchun muhim bozorlaridan biri. ZTE Shimoliy Amerikada shartnomasiz sotiladigan qurilmalar bozorida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Umuman olganda, kompaniya mobil qurilmalarni sotish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.
2015 yili AQShga 20 million mobil qurilma, xususan, 15 million smartfon, shuningdek, mobil telefonlar, modullar, simsiz terminallar va kirish nuqtalari yetkazib berildi. 2014 yil bilan taqqoslaganda, ZTE AQShga smartfon yetkazib berishni 30 foizga oshirdi.
Butun 2015 yil davomida Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga 11 million smartfon yetkazib berildi. Ushbu mintaqalarga mobil qurilmalarini yetkazib berish 120 foizga, LTE-telefonlarni yetkazib berish esa 150 foizga oshdi.
2015 yilda LTE texnologiyalarini quvvatlovchi qurilmalarni Yevropa davlatlariga yetkazib berish 2014 yilga nisbatan 400 foizga oshdi. ZTE kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharq, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlariga 2015 yilda 15 million smartfon yetkazib berildi.
So‘nggi bir necha yildan beri ZTE’ning Lotin Amerikadagi savdolari hajmi 40 foiz darajasida o‘sib bormoqda. Yaqin Sharq va Afrika davlatlariga smart-devayslarni yetkazib berish 2014 yilga nisbatan 100 foizga oshgan. Kompaniyaning qayd etishicha, afrikaliklar smartfonlarni borgan sari ko‘proq xarid qilmoqda.
ZTE — telekommunikatsion uskunalari va mobil aloqa vositalarini yetkazish bo‘yicha jahondagi eng ilg‘or ishlab chiqaruvchilardan biri. ZTE mahsulotlari simli va simsiz aloqa vositalari, mobil va fiksatsiya qilingan terminallar bozorlarining qariyb barcha jabhalarini qamrab olgan. Bugungi kunda ZTE kompaniyasi dunyoning qator mamlakatlarida o‘z savdo uylari va tadqiqot markazlariga ega bo‘lib, ularda o‘n minglab xodimlar mehnat qilmoqda.
Kompaniya 140 dan ortiq davlat va mintaqalarda, Osiyo va Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika va MDH davlatlarida 500 dan ortiq aloqa operatorlariga o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.
ZTE kompaniyasi iqtisodiyotning turli sohalari uchun 50 dan ortiq yechimlarni ishlab chiqqan. Xitoy kompaniyasi iste'molchilar uchun telefondan tortib smartfon va planshetlargacha bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi. ZTE smartfonlarining asosiy dasturiy platformasi Android operatsion tizimidir.
ZTE’ning O‘zbekistondagi shu'ba korxonasi 10 yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida kompaniya ilg‘or kommunikatsion texnologiyalarni foydalanishga taqdim etdi, aholi uchun ishchi o‘rinlarni tashkil etib, O‘zbekiston aholisining kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid bilimlarini yanada oshirish bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda hamda shu yo‘l bilan O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasining rivojiga katta hissa qo‘shmoqda.
O‘zbekistonning Beeline, Ucell, «O‘zbektelekom» va boshqa shu kabi telekommunikatsiya operatorlari Xitoy kompaniyasi uskunalaridan keng foydalanmoqda. 2013 yilning iyul oyida ZTE kompaniyasi Sirdaryo viloyatida mobil aloqa vositalari va ularning qo‘shimcha qurilmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni ishga tushirdi. Ushbu mobil telefonlar UZTE brendi ostida tayyorlanmoqda. Bugungi kunda korxona 6 turdagi smartfonlarni ishlab chiqarmoqda.
Reklama huquqi asosida