Iqtisodiyot | 16:07 / 16.02.2016
6649
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Saudiya Arabistoni neftni qazib olish darajasini muzlatib qo‘yishga kelishishdi

Qatarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni va Rossiya neftni qazib olish darajasini 2016 yilning yanvar oyidagi ko‘rsatkich darajasida muzlatib qo‘yishga kelishib olishdi. Qatar va Venesuela ham neftni qazib olish darajasini cheklashga rozilik bildirdilar.

Neftni qazib olish 2016 yilning 11 yanvar darajasida cheklab qo‘yilishi aytilmoqda.

Neftni qazib olishni muzlatib qo‘yishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, neft mahsulotlari narhini muvozanatda ushlab turishdan iborat. Saudiya Arabistoni va Rossiya vakillari uchrashuvining rasmiy yakunlari e'lon qilingunga qadar Brent nefti narhi 16 fevral kuni bir barrel uchun 35 dollargacha ko‘tarilib ketgan, biroq undan keyin 34,25 dollargacha tushib ketdi.

Rossiya va Saudiya Arabistoni dunyodagi yirik neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar hisoblanadi.