Jamiyat | 11:54 / 24.02.2016
5395
2 daqiqa o‘qiladi

13 yoshli amerikalik qiz telefon batareyasining kuchli qizishidan jabr ko‘rdi

AQShda istiqomat qiluvchi 13 yoshli Jyeki Fedro bilan sodir bo‘lgan noxush voqea mobil telefonlarning o‘ziga xos xavfi haqida yana bir ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi.

Qizaloqning tug‘ilgan kuniga ota-onasi LG markali mobil telefoni sovg‘a qilishdi. Bu qizaloq uchun birinchi mobil telefon edi. Tug‘ilgan kunidan bir necha kun o‘tgach, ona qizining yotoqxonasidagi shovqinni eshitib, xonaga yuguradi. Kirib ko‘rdiki, qizi bo‘ynini ushlagancha yig‘lab turibdi. Ma'lum bo‘lishicha, qiz mobil qurilmani quvvatlashga qo‘yib, dugonasi bilan gaplasha boshlagan. O‘sha paytda batareya haddan ortiq qizib ketib, Jyekining bo‘ynini kuydirgan. Shifokorlar bu vaziyatda terining ikkinchi darajali kuyishini qayd etishdi.

LG kompaniyasi qizning ota-onasiga kuchli qizishning sababi litiy-ionli akkumulyator, deb ma'lumot berdi.

Janubiy Koreyalik ishlab chiqaruvchilar ko‘rilgan zararni qoplab, Jyekiga yangi telefon berdi.