Jamiyat | 10:22 / 25.02.2016
18842
2 daqiqa o‘qiladi

Rayhon o‘z konserti chog‘ida yiqilib tushishiga bir baxya qoldi

Toshkentning “Istiqlol” san'at saroyida konsert berayotgan Rayhon G‘aniyeva 24 fevral kunidagi konserti davomida ikki marotaba yiqilib tushishiga oz qoldi. Bu haqida “Sayyod” xabar bergan.

Kontsert dasturining ikkinchi kunida sahnada operatorlar ikki g‘ildirakli balansni tutish orqali harakatlanuvchi elektr qurilmada videoga suratga olayotgan paytda ulardan biri Rayhonning orqasidan kelib urilgan. Natijada u yiqilib tushishiga bir baxya qolgan. Ikkinchi holatda esa muxlislardan gullar olayotganida xonanda o‘z libosiga o‘ralib  qolgan. Bu vaziyatda unga raqqoslar yordamga kelgan.

Qolaversa, xonanda shu kunlarda biroz betobligi sahna ortida ma'lum bo‘lgan. Rayhonga sahnaga chiqishdan avval dori olib kelish kerakligi xaqidagi so‘zlarga sayt xodimlari guvoh bo‘lishgan.

24 fevral kuni konsertga estrada olami vakillaridan Jahongir Poziljonov, Ziyoda, Ulug‘bek Rahmatullayev, "Benom", “Eldido” guruhlari, Sardor Rahimxon, Shohruhxon va boshqa san'atkorlar tashrif buyurishgan.

Kontsert dasturining ikkinchi kunida tasvirga olingan qisqacha video:

Rayhon: Hammaning uyida kutadigan insoni bo‘lsin! (konsert taassurotlari)