Jamiyat | 17:28 / 05.03.2016
5713
1 daqiqa o‘qiladi

Gazlangan suvni ko‘p ichish qand kasalligiga olib kelishi mumkin

Har narsaning me'yoridan ortiqchasi zararli sanaladi. Mutaxassislar gazlangan suvni ko‘p iste'mol qilishning ham salbiy jihatlari haqida ma'lum qildi.

“Gazlangan suvlarning haddan ortiq iste'mol qilinishi yoki shakar o‘rnini bosuvchi Aspartam (Ye951) ishlatiladi. U shakarga nisbatan 200 barobarga ortiq oqsil bo‘lib, genetik modifikatsiya qilingan. Aspartam, shuningdek, saqichlar, ayrim shirinliklar ishlab chiqarishda ham qo‘llaniladi”, deb yozadi “Sabo” gazetasi.

Shuningdek, aksariyat gazlangan ichimliklarda kislotalar, ko‘proq limon (Ye330) va olma (Ye296), kamroq ortofosfor kislotasi (Ye338) ishlatilishi, bu kislotalar suyaklardan kalsiyning yuvilib ketishiga va natijada osteoporoz kabi kasalliklarning avj olishiga sabab bo‘lishi haqida xabar berdi.