Sport | 13:31 / 06.03.2016
16064
1 daqiqa o‘qiladi
«Eng kuchli qiz» yangi rekord o‘rnatganini ma'lum qildi
Maryana Naumova o‘smir qizlar o‘rtasida yotgan holda shtang ko‘tarish bo‘yicha o‘ndan ortiq dunyo rekordlarini o‘rnatgan sportchi.
16 yoshli Maryana «Arnold klassik» turnirida o‘z tengdoshlari guruhida yangi rekord o‘rnatdi — u yotgan holda 110 kilolik shtang ko‘tardi. Bu haqda u «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qildi.
«Yaqinda bo‘lib o‘tgan Rossiya chempionatida erishgan natijamni takrorladim, 110 kilolik shtang ko‘tardim. Afsuski, 115 kilogrammga yetkaza olmadim. Biroq IPF versiyasi bo‘yicha, mening yoshim uchun bu ko‘rsatkich yangi jahon rekordi».