Fan-texnika | 00:13 / 16.03.2016
2409
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy S7 smartfonining tannarxi hisoblab chiqildi

Samsung Galaxy S7 smartfoni yig‘iladigan barcha detallarning narxi kamida 255 dollarni tashkil qiladi. Galaxy S5 smartfonini yaratish ham taxminan shunday qiymatga tushgan. Bu haqda Re/Code nashri IHS kompaniyasi tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Smartfonning eng qimmat detali Qualcomm's Snapdragon 820 protsessori bo‘ldi. Bu protsessor 62 dollar turadi va qurilmaning barcha detallari narxining deyarli chorak qismini tashkil qiladi. 12 Mp li kamera taxminan 13,70 dollar, barcha detallarni yig‘ish esa 5 dollar turadi.

Biroq Galaxy S7 tannarxini hisoblashda unga dastur ishlab chiqarish va distributsiya xarajatlari hisobga olinmagan.