55 yoshli britaniyalik ayol birvarakayiga 3 farzandni dunyoga keltirdi
Daily Mail nashrining xabar berishicha, Birlashgan Qirollikdagi biryo‘la 3 farzandni dunyoga keltirgan eng yoshi katta ayol 55 yoshli Sheron Kattsdir.
Britaniyalik bu ayol Kiprda EKO (sun'iy urug‘lantirish)ga 15 ming yevro sarfladi, chunki o‘zining vatanida u mazkur amaliyot uchun "qarilik" qilardi.
Kattsning oldingi turmushlaridan 4 nafar farzandi va 3 nabirasi bor. Uch egizakni u 2016 yilning martida dunyoga keltirdi. Bular o‘g‘illari - Meyson va Rayan hamda qizi - Lili.
Ayol uning kenja farzandlari nevaralaridan kichik ekani hech qanday ahamiyatga ega emasligini ta'kidladi.
"Bu ularning birga o‘ynaydigan do‘stlari ko‘pligidan dalolatdir", - deydi u.
Homiladorlik davrida Kattsning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan. Chaqaloqlar keservo yo‘li bilan dunyoga kelishgan. Ularning vazni 1 800 kilogrammdan 2 300 kilogrammgacha.