O‘zbekiston | 14:24 / 11.04.2016
3283
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkiloti Ustavini ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 6 aprel kuni “Islom hamkorlik tashkiloti Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan. Bu haqda uzdaily.uz xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi ushbu qonun hujjatini 2016 yilning 18 martida qabul qilgan. 2016 yil 31 mart kunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati hujjatni ma'qullagan.

Islom hamkorlik tashkiloti Ustavi 2008 yil 14 mart kuni Dakarda qabul qilingan. 2011 yilgacha u Islom konferensiya tashkiloti deb atalgan.

Ratifikatsiya islom moliya institutlari, jumladan, Islom tarraqqiyot banki (O‘zbekiston 2003 yildan buyon a'zo) mablag‘larini jalb etishni faollashtirish imkonini beradi.

O‘zbekiston IHTga 1996 yilda a'zo bo‘lgan. Shundan buyon tashkilotning sirqirra faoliyati va tadbirlarida ishtirok etib keladi. Xususan, O‘zbekiston tomoni 2016 yilda IHT tashqi ishlar vazirligi Kengashida raislik qiladi.

IHT 1969 yili ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda islom birdamligini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan. Uning tarkibiga 57ta davlat kiradi.