Jamiyat | 22:12 / 12.04.2016
2154
2 daqiqa o‘qiladi

Uchuvchi keksa juftlik jon berayotgan nabirasi bilan vidolashishga ulgurishi uchun samolyotni to‘xtatdi

Etihad Airways aviakompaniyasi samolyoti uchuvchisi Manchester aeroportida keksa juftlik samolyotni tark etib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga tushib qolgan nabirasining yoniga tashrif buyurishi uchun parvozga shaylanayotgan samolyotni to‘xtatdi. Bu haqda Daily Telegraph gazetasi xabar bermoqda.

Avstraliyaga ketayotgan samolyot harakatlanishni boshlaganda qariyalar nabiralari jonlantirish bo‘limida yotgani haqida sms-xabar olishgan. Ular ekipajga bu haqda xabar berganlaridan keyin, uchuvchi oxirgi lahzada samolyotni ortga burib, yo‘lovchilarni tushirish uchun terminalga qaytib kelgan. Bundan tashqari, aviakompaniya tashvishlanayotgan qariyalarga ularni shifoxonagacha yetkazib qo‘yish uchun avtomobil taqdim qildi. Qariyalar ko‘rishga shoshgan nabiralari ertasi kuni vafot etgan.

Keksa juftlikning turistik agenti Bekki Stivenson bu voqeani Facebook ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgandan keyin, bu xabar qo‘llab-quvvatlash va aviakompaniya nomiga minnatdorchilik so‘zlariga ega ko‘plab izhorlar to‘pladi.

"Mening sayyohlik sohasidagi 25 yillik faoliyatim davomida aviakompaniya o‘zining majburiyatlaridan tashqariga chiquvchi biror-bir bunday ishni qilgani haqida eshitmaganman. Mening mijozlarim bilan sodir bo‘lgan voqea juda ayanchlidir, biroq Etihad Airways ularga qo‘lidan kelgancha yordam bera olgani yoqimlidir", deb aytdi Stivenson.

"Bu reys Abu-Dabida bitta peresadkaga ega bo‘lgan. Agar mening mijozlarim samolyotdan tushishmaganda, ular o‘zlarining nabiralari yoniga ulgura olmagan bo‘lardilar. Men ularga hamdardlik bildirgani qo‘ng‘iroq qilganimda, ular aviakompaniya bilan bog‘lanib, ularga minnatdorchilik bildirishmoqchi ekanliklarini aytishdi", deb qo‘shimcha qildi Stivenson.