Jahon | 09:49 / 19.04.2016
2045
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya va Misr o‘rtasida 2 mlrd yevro hajmidagi shartnomalar tuzildi

Misr va Fransiya hukumatlari umumiy qiymati 2 mlrd yevroga teng bo‘lgan bir nechta shartnoma tuzishgan. Bu Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Qohiraga tashrifi vaqtida amalga oshirilgan. Bu haqda Yelisey saroyidagi manbasiga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Tuzilgan shartnomalar orasida Misr qurolli kuchlari tarkibida Airbus Space Systems va Thales Alenia Space harbiy telekommunikatsiya sun'iy yo‘ldoshlarini tuzish bo‘yicha loyihalar ham bor.

Bundan tashqari, Fransiyaning Engie nomli energetik kompaniyasi Misrda suyultirilgan gaz uchun terminal qurish va energiya manbalarini yangilash bilan shug‘ullanishi borasida kelishuvga erishgan.

Olland fransuz kompaniyasi ko‘magida Qohira metrosida qurilgan uchinchi liniyaga tashrif buyurgan.