O‘zbekiston | 19:37 / 22.04.2016
2971
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish borasida kuchli o‘nlikdan joy oldi

2015 yilda “Doing Business” Jahon banki baholash metodologiyasi qayta ko‘rib chiqilguniga qadar O‘zbekiston “Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish” ko‘rsatkichi bo‘yicha reytingda 65-pog‘onani egallagan. 2014 yilda o‘z biznesini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tadbirkor 7ta bosqichdan o‘tishi shart bo‘lgan (2015 yilda bu bosqichlar tartibi 5taga tushirildi) va o‘rtacha 7,5 kun vaqt egallagan (2015 yilda – 6,5 kun). Bu esa aholi boshiga 3,3 foiz (2015 yilda – 3,4 foiz) daromadga teng bo‘lgan. Oxirgi hisobotda esa mamlakat o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 22 pog‘onaga balandlab, 42-o‘rinni egalladi.

BMT Taraqqiyot dasturi “O‘zbekiston biznes-forumi (III faza)” loyihasi ekspertlari ushbu ko‘rsatkichning keskin o‘sishini bir nechta omillar bilan bog‘lashmoqda.

Bu omillarning birinchisi tadbirkorlik sub'yektlarini Internet orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmining yo‘lga qo‘yilganligidir. Mazkur mexanizm yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub'yektlarini ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda, vakolatli organ tomonidan soliq va statistika organlarida hisobga qo‘yish tartibini belgilab berdi.

Ikkinchidan, tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatining Yagona davlat xizmatlari interaktiv portali (my.gov.uz) da joriy qilinishi ham xizmatdan foydalanishni osonlashtirdi.

Endilikda hisobga qo‘yish faqat ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan Internet tarmog‘i orqali davlat registratsiyasi jarayonida amalga oshirilar ekan, JB jamoasi ushbu ko‘rsatkichni baholashda ikki jarayonni– statistika hamda soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishni olib tashladi.

Taklif etilayotgan tizim tashkilotni onlayn rejimida 30 daqiqa ichida ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradi. Bunda tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga, davlat boji to‘lash uchun kassaga shaxsan borishi shart bo‘lmaydi, shuningdek, mazkur jarayondagi xarajatlar miqdori ham kamayadi.

Hamkorlikdagi loyiha ekspertlari prognozlariga ko‘ra, JB metodikasiga muvofiq, O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin (birinchisi – real vaqt rejimida, optimallashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish, ikkinchisi – bank hisob raqami ochish). Muassasani biznes boshlash bilan bog‘liq rasmiyatchiliklar (bunga firma nomini band qilish, ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat boji to‘lash, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma hamda ro‘yxatga olingan ta'sis hujjatlarini olish, muhr tayyorlatish, soliq va statistika idoralari, Xalq banki tomonidan hisobga qo‘yish, bankda hisob raqami ochish) ni nazarda tutgan holda tashkil etish bir kunni egallaydi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladigan hujjatlar soni yuridik shaxs-tadbirkorlik sub'yektlari uchun oltitadan ikkitagacha, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatan o‘tmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun esa oltitadan bittagacha qisqarishi mumkin.

Kelgusida Singapur hamda Koreya Respublikasi tajribasi asosida tadbirkorlik sub'yektlari interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishini rag‘batlantirish taklif etilmoqda.
Shunday qilib, islohotlar samarasi o‘laroq, O‘zbekistonning xalqaro reytingi ko‘tarilishi jahonning 189 davlati orasida a'lo ko‘rsatkichga qadar bo‘lgan masofani ko‘rsatadi.

“Doing Business-2016” Jahon banki tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 2013-2015 yillar mobaynida ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish borasida eng ko‘p islohot o‘tkazgan mamlakatlar o‘nligidan joy oldi.