Jahon | 16:14 / 27.04.2016
2803
2 daqiqa o‘qiladi

Vashington Karimovning Afg‘oniston muammosini hal qilishda Moskvaning ishtiroki haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi

AQSh Davlat departamenti Afg‘onistondagi ziddiyatni hal qilishda Rossiyaning ishtiroki oshishini xayrixohlik bilan qabul qiladi. Bu haqida “Interfaks” agentligiga Amerika tashqi siyosiy boshqarmasi vakillaridan biri ma'lum qildi.

“Biz barcha davlatlarni mahalliy hukumat va mintaqaning boshqa mamlakatlari bilan hamkorlik qilish orqali Afg‘onistondagi vaziyatning barqarorlashuvi uchun ijobiy rol o‘ynashga chorlaymiz”, - dedi agentlik hamsuhbati.

Davlat departamenti vakili O‘zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimovning 26 aprelda Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralaridagi so‘zlariga izoh berdi. Unda Karimov Afg‘oniston muammosini siyosiy jihatdan hal qilishda muzokara jarayoniga Moskvani jalb qilish fikrini bildirdi.

“Bu muammoni Rossiya ishtirokisiz hal qilishga urinish o‘ylamay qabul qilingan qaror deb hisoblaymiz”, - dedi davlat rahbari.

Bunugi kunda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha muzokaralar Vashington, Pekin, Kobul va Islomobod ishtirokida to‘rt tomonlama olib borilmoqda.